“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Kim Xi-Sang va Uyushma raisi I.Xaydarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida, tomonlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida to‘qimachilik sanoatida ikkitomonlama hamkorlikda mustahkam poydevor yaratilgani va jadal rivojlanayotgan davrda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish kerakligini ta’kidlandi.
Uyushma Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni o‘rnatgan, xususan, KOFOTI – Koreya to‘qimachilik sanoati federatsiyasi bilan keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda, YoungOne Corp., Posco International kabi yirik koreys investorlar O‘zbekistonda faolligi, buning natijasida 9 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratilgani alohida ta’kidlandi.
Elchisi Kim Xi-Sang 30 yildan ortiq iqtisodiyet sohada faoliyat yuritganligini ta’diklab, O‘zbekistonga elchi qilib yuborilganligidan so‘ng ham bu sohada ikkitomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirishda asosiy e’tiborini qaratish maqsadida ekanligini bildirdi. Shu bilan birgalikda, Koreya uchun O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati hamkorlikning strategik yo‘nalishlardan biri ekanligi va bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan keng hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




