Qirg‘iziston davlatiga 2022 yilda 549,0 mln. dollarlik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (395 mln. dollar) o‘sish sur’atlari 139,0 foizga yetkazildi.
Qirg‘iziston Respublikasiga amalga oshirilgan eksport mahsulotlari tarkibida kalava ip 0,4 foiz (2,2 mln. doll. o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 71,4 foiz), gazlama mato 2,5 foiz (13,9 mln. doll. o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 115,5 foiz), trikotaj mato 18,2 foiz (100,2 mln. doll. o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 102,9 foiz), tikuv-trikotaj mahsulotlari 76,4 foiz (419,6 mln. doll. o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 158,3 foiz), paypoq mahsulotlari 2,4 foiz (13,1 mln. doll. o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 114,5 foiz) tashkil etdi.
Asosiy eksportyor korxonalar OOO “ZUMRAD TEXTIL”-32,1 mln. doll., OOO “OLIY STANDART TEX”- 27,8 mln. doll., OOO DINAR GROUP- 19,1 mln. doll., OOO “Parvoz Xumo Ravnaq Trans”-15,3 mln. dollarlik to‘qimachilik va tikuv trikotaj mahsulotlarini eksport qildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




