Yevropa ittifoqining “O‘zbekiston va Qirg‘iziston korxonalar va tashkilotlar barqaror faoliyati” (BOOST) grant loyihasi amalga oshirilishi yuzasidan joriy yil 10 dekabrda tashkilashtirilgan keng qamrovli gibrit ko‘rinishda bo‘lib o‘tgan konferentsiya xaqida ma’lumot.
Joriy yil 10 dekabrda 1000 ga yaqin ishtirokchilar, shu jumladan SEQUA, GIZ, TIKA, USAID, JICA, UNDP, EBRD, IFC, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro donor tashkilotlari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston hukumati vakillari, bundan tashqari, respublikaning 4 mintaqasida (onlayn va oflayn rejimda) Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida va TITLPda mahalliy korxonalar, O‘zbekiston Respublikasi talabalari va Yoshlar Ittifoqi vakillari ishtirokida biznes forum-treningi bo‘lib o‘tdi.
“BOOST” loyihasi doirasida ko‘zlangan maqsad Yevropa ittifoqining grant mablag‘lari hisobidan 2020-2023 yillar mobaynida mamlakatimizning Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida to‘qimachilik sohasida energosamaradorlikni oshirish, eksportga ko‘maklashish, yosh tadbirkorlarni tayyorlash, sertifikatlash va boshqa masalalar yuzasidan treninglar o‘tkazish va shu orqali to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shilishi rejalashtirilgan.
“BOOST” loyihasi doirasida joriy yilning 10 dekabirida keng qamrovli “gibrit” ko‘rinishda ya’ni onlayin va oflayin tarzda «O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi korxona va tashkilotlar barqaror ishlashini ta’minlash» mavzusida biznes-konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Konferentsiya jonli ravishda ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Twitter, You tube) onlayin translyatsiya bo‘ldi.
Tadbirda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, “Germaniya taraqqiyot bo‘yicha xamkorlik” tashkiloti rahbari, Germaniya elchixonasi, “Voka” xalqaro bo‘lim boshlig‘i, Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti xamda Qirg‘iziston hukumatining O‘sh, Jalolobod, Botken viloyatidagi vakolatli vakillari, O‘zbekiston Respublikasidan 10 dan ortiq tegishli vazirlik idoralaridan vakillar ya’ni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rais o‘rinbosari, “Tashqi ishlar vazirligi” “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” “Innovatsion rivojlanish vazirligi” “Andijon viloyat hokimiyati” “Farg‘ona viloyat hokimiyati” “Namangan viloyat hokimiyati” “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” vakillar va mingdan ortiq zoom platformasi kuzatuvchilari qatnashdi.
Konferentsiya keng miqyosli dialog maydoniga aylandi va parallel ravishda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida oflayin tarzda 24 veb-seminar, ekspertlar bilan davra suhbatlari, bir qator taqdimotlar va muhokamalarni o‘z ichiga oldi. (tadbir hakidagi sur’atlar ilova qilinadi)
Konferentsiya 2020 yilda Yevropa Ittifoqining keng ko‘lamli Central Asia Invest V dasturi doirasida boshlandi.
BOOST loyiha rahbari (SEQUA gGmbH) Kristian Gessl tadbir davomida qo‘yidagilarni ta’kidlab o‘tdi:
«BOOST loyihasining maqsadi mahalliy biznes tuzilmalarining raqobatbardoshligini oshirishdir. Biz o‘z tajribamiz va bilimimizga ta’yangan holda qirg‘iz va o‘zbek tadbirkorlarining salohiyatini kuchaytirishga sarflaymiz. Biz ishlab chiqarish jarayonidagi yenergiya samaradorligi, tovarlarning sifati va standartlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshtrtshni rejalashtirmoqdamiz. Bizning vazifamiz mintaqada barqaror biznes va ko‘plab ish o‘rinlari yaratadigan muvaffaqiyatli yosh tadbirkorlar sonini ko‘paytirishdir.
Ma’lumot uchun: SEQUA gGmbH – bu global miqyosda faoliyat yurituvchi notijorat, rivojlanish tashkiloti bo‘lib, 1991 yildan beri Germaniya xususiy sektori bilan yaqin hamkorlikda xalqaro hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirmoqda. Uning faoliyati xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan. SEQUA gGmbH biznesga a’zolik tashkilotlari, kasb-hunar ta’limi va savdo-sotiqni rivojlantirish bo‘yicha nou-xau va uzoq muddatli tajribani taklif qiladi. Tashkilot Germaniyaning Bonn shahrida joylashgan bo‘lib 90 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi va 2019 yilda 46 million yevrolik savdo aylanmasini amalga oshirgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT










