O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5285-sonli Farmonining 4-bandi 3-xatboshida tizimli muammolarni bartaraf etish, marketing innovatsiyalarini faol joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy tendentsiyalarni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilangan.
Shunga asosan, Respublikamizning to‘qimachilik sohasini rivojlantirish maqsadida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi BOOST «O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi korxona va tashkilotlar barqaror ishlashini ta’minlash» nomni loyihasi doirasida Yevropa ittifoqining grant mablag‘lari hisobidan 2020-2023 yillar mobaynida mamlakatimizning Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida to‘qimachilik sohasida energosamaradorlikni oshirish, eksportga ko‘maklashish, yosh tadbirkorlarni tayyorlash, sertifikatlash xamda treninglar o‘tqazish va shu orqali to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 10 dekabr kuni Germaniyaning SEQUA kompaniyasi, Yevropa Ittifoqi, Germaniya elchixonasi hamda xorijiy kompaniyalar (Voka, BMZ va boshqalar) vakillari hamda tegishli Kirg‘iziston va O‘zbekiston vazirlik va idoralar vakillari bilan «O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi korxona va tashkilotlar barqaror ishlashini ta’minlash» mavzusida video-konferentsaloqa orqali vebinar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, “BOOST” loyihasi doirasida joriy yil 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirda ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, tel.: +998977744948, e-mail: khazratqulova@gmail.com, telegram kanal: https://t.me/boostuztektileprom ).
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




