“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi va “EURATEX” Yevropa kiyim-kechak va to‘qimachilik sanoati Konfederatsiyasi Bosh direktori Dirk Vantigem o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: EURATEX – Yevropa tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati federatsiyasi. EURATEX Federatsiyasi a’zolari Yevropa Ittifoqining 143,000 kompaniyasi bo‘lib, ularning aylanmasi 150 milliard yevroni tashkil etadi va 1.5 million odam ishlaydi.
Yevropa bozoridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbir doirasida EURATEX va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash – asosiy masalalardan biri bo‘ldi. Brendlarni O‘zbekistonga relokatsiya qilish va mahalliy to‘qimachilik bozorida Yevropa Ittifoqining “munosib mehnati” bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish imkoniyati mavzusiga ham to‘xtalib o‘tildi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




