O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari o‘z o‘rnini mustahkamlashda va ufqlarini kengaytirishda davom etmoqda. Bahorning boshlanishi o‘zbekistonlik to‘qimachilik tadbirkorlari uchun muhim hisoblanadi, aynan shu kunlarda 2 ta yirik xalqaro ko‘rgazma o‘tkazilmoqda.
Olmaotada “Central Asia Fashion-2023” xalqaro Markaziy Osiyo ko‘rgazmasi va Moskvada “Intertkan” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazmalarda 20 dan ortiq o‘zbek brendlari, mato va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar.
Ta’kidlash joizki, bolalar va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilari qozoq xaridorlarida katta taassurot qoldirdi. #Bonito Kids, #Rumino, #Diva Teks, #Yustex, #Monomy brendlarining kiyim liniyasi juda yuqori baholandi.
Shu bilan bir qatorda, Intertkan ko‘rgazmasida O‘zbekiston Milliy pavilonida trikotaj matolarga talab katta.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




