Kuni kecha bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistonga COVID-19 pandemiyasi bilan kurashish va hamkasblari bilan tajriba almashish maqsadida Dushanbega jo‘nab ketishdi.
Shifokorlarimizni kerakli himoya vositalari bilan ta’minlash va hafvsiliklarini ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rildi.
Jumladan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining «Sharq liboslari» Dizayn markazi tomonidan shifokorlarimiz uchun maxsus dizayndagi, kiyishga qulay yangi kiyim-boshlar turkumi yaratildi va «JAMA STYLE» MCHJ, “ISTIQLOL TEXTILE DIZAYN” MCHJ, “ARIYA TEKS MCHJ, “JAMSTYLE MASTER” MCHJ tomonidan yangi eskiz asosida zudlik bilan tikilib qiska muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etildi.
Har bir shifokor uchun yaratilgan maxsus himoya kobinezonlar va niqoblar qulayligi, himoyalash ta’siri yuqorili, sifati va yangicha dizayni bilan ajralib turadi.
Fidoyi shifokorlarimizga COVID-19 pandemiyasini yengishda va yurtimizga eson-omon qaytib kelishlarini tilab qolamiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




