Bugungi kunda tobora ko‘proq kompaniyalar atrof-muhit holatini yaxshilash choralarini ko‘rmoqda.
To‘qimachilik korxonalarining ham o‘zgarishi muhimdir: ekologiklik va barqarorlik zamon va jahon brendlari talablariga, shuningdek, yangi raqobatbardosh afzalliklarga aylanib bormoqda va yashil brendni yaratish auditoriyaning ishonchini oshirishga yordam beradi.
Respublika korxonalari ekologik tamoyillariga va suvni tozalashga rioya qilib, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etadilar va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qiladilar.
Masalan:
– Uztex Group korxonalarida Amerika Kox biologik filtrlari asosida amalga oshiriladigan suvni biologik tozalash tizimi o‘rnatilgan. Ushbu tozalash inshootining ko‘lami Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.
– Osborn Textile kompaniyasida suvni tozalashning elektroliz usuli o‘rnatilib, u bo‘yoq tsexlarida ishlatilgan suv chiqindilarini 100% tozalaydi.
– HAJ Tex korxonasida kuniga 3000 kub metr quvvatga ega suvni tozalashni o‘rnatdi va ishlab chiqarish zanjiri bo‘ylab ISO 14001, ISO 45001, GOTS, Oeko-tex, Organic EU ekologik sertifikatlarini joriy qildi.
– “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi yaqinda ISO 14001 atrof-muhitni boshqarish sertifikati bo‘yicha auditdan o‘tdi va shu bilan davlat idoralari va vazirliklar orasida birinchi bo‘lib ushbu tekshiruvdan o‘tdi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




