BMTning barqaror rivojlanish standartlari bo‘yicha forumi – UNFSS ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar, standart ishlab chiquvchilar, sertifikatlashtirish organlari, nodavlat tashkilotlar va tadqiqotchilar bir-biri bilan muloqot qilishlari, barqaror rivojlanishning ixtiyoriy standartlari haqida ko‘proq bilib olishlari va hukumatlararo darajada barqaror rivojlanish sohasidagi qarorlarga ta’sir o‘tkazishlari mumkin bo‘lgan platforma vazifasini bajaradi deb aytish mumkin.
21 yil 2023 martda bo‘lib o‘tgan UNFSS yillik konferentsiyasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi Milliy platformalari tarmog‘i a’zolari hisoblanadigan Braziliya, Xitoy, Janubiy Afrika, Malayziya, Meksika, Vyetnam, Karib dengizi, Indoneziya, Hindiston, Kolumbiya davlatlariga O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini taqdim etdi.
Konferentsiya yakunlari bo‘yicha “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish standartlari forumining yangi ishtirokchisiga aylandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




