“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi jamoasi tadbirkorlarimizga barcha turdagi buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlar yuritilishi, kadrlar bilan ishlash, moliyaviy intizomni ta’minlash va huquqni qo‘llash sohasida tarmoq tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ko‘magini taklif qiladi.
Bugungi kunda buxgalteriya hisobi va soliq siyosati, bank-moliya hamda huquqni qo‘llash sohasida shiddatli, muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bunday sharoitda dunyoning ilg‘or korxonalari mazkur soha bilan bog‘liq vazifalarni xizmat ko‘rsatuvchi autsorsing kompaniyalariga ishonib topshirmoqdalar.
Bu borada “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Uyushmaga a’zo korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish maqsadida quyidagi xizmatlarini taklif qiladi va xolisona yordam ko‘rsatadi:
Buxgalteriya xizmatlari:
- korxona faoliyati va o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda hisob yuritish siyosatini ishlab chiqishga ko‘maklashish;
- korxona buxgalteriya hisobini yuritish;
- moliyaviy, soliq va statistik hisobotlarini tayyorlash;
- soliq to‘lovlari va hisob-kitoblari bo‘yicha maslahatlar berish;
- moliyaviy hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishi va rasmiylashtirilishi bo‘yicha maslahatlar berish;
- soliq qonunchiligini amaliyotda qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolar (kazuslar), nizolarni muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan, sudgacha hal etish jarayonlarini amalga oshirish.
- to‘qimachilik korxonalarining pandemiya davrida moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida ajratilgan kreditlar va boshqa kreditorlik qarzdorliklari to‘lov muddatlarini kechiktirish (uzaytirish) masalalari;
- ishlab chiqarish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar yechimi bo‘yicha taklif ishlab chiqish, shu jumladan QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qisqa muddatda qaytarilishiga ko‘maklashish;
- Bank-moliya sohasiga oid qonunchiligini amaliyotda qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolar (kazuslar), nizolarni muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan, sudgacha hal etish jarayonlarini amalga oshirish;
- Bank-moliya sohasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish, shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish.
- ichki mehnat tartib-qoidalari;
- mehnatga haq to‘lash, mukofotlash to‘g‘risidagi nizom;
- xodimlarning mansab yo‘riqnomalari;
- biznes sirlari haqidagi nizomni;
- HR-menejment asoslari;
- Xodimlar bo‘limiga tegishli normativ hujjatlar to‘plami va ish yuritish asoslari.
Bank-moliya sohasidagi xizmatlari:
Xodimlar bilan ishlash sohasida:
Ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlanishi va kadrlar bilan ish yuritish masalalari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish, jumladan:
Huquqni qo‘llash sohasida:
- Soha korxonalarining davlat, nodavlat tashkilotlari, mamlakat ichida va xorijdagi hamkorlar hamda raqobatchilari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida qonunchilik bilan belgilangan me’yorlar muvozanatini ta’minlash;
- korxonaning moddiy va moliyaviy bazasini saqlash va ko‘paytirish, mehnat jamoasining ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan resurslardan samarali foydalanish omillarini huquqiy ta’minlash;
- korxona faoliyatining ichki va tashqi tashkiliy barqarorligiga, iqtisodiy aloqalarning ishonchliligiga erishish va tasodifiy, noinsof, vijdonsiz hamkor va sheriklarga qaram bo‘lib qolishdan saqlanish;
- korxona faoliyatiga xavf soladigan tahdidlarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish kontseptsiyasini tayyorlash;
- rivojlanishning barqaror va xavfsizlik omillarini belgilash va huquqiy ta’minlash;
- korxonalarni ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlardagi xavf-xatarlar to‘g‘risida to‘liq, aniq va xolis axborotlar shuningdek, huquqiy himoya bo‘yicha ma’lumotlar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish va tijorat sirlarini hamda intellektual mulkka bo‘lgan huquqni saqlash;
- reklama axborotidan foydalanish samaradorligi na korxona nufuzini oshirishga huquqiy yordam ko‘rsatish;
- savdo munosabatlarida diskriminatsiyani bartaraf etish, milliy eksporterlar manfaatlarini xorijda himoya qilish.
Bank-moliya, buxgalteriya, ish yuritish va yuridik autsorsing xizmatidan foydalanish uchun biz bilan istalgan usulda bog‘lanish mumkin.
Batafsil :
| Bosh buxgalter Elyor Bakiyev |
Moliyaviy-iqtisodiy tahlil bo‘limi boshlig‘i G‘ulomboy Xakimov |
| +99890 374-73-60+71 202-22-44 (126) | +99894 506-40-57+71 202-22-44 (114) |
| Yuridik va shartnomalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Mirzoraxmat Niyazmetov | Kadrlar va ta’lim muassasalaribilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Sardor Odinayev |
| +99890 937-04-04+71 202-22-44 (144) | +99890 976-31-72+71 202-22-44 (147) |
Manzil:
100100, Toshkent sh., A.Avloniy ko‘chasi, 20a uy.
| Veb-sayt:www.uzts.uz | Elektron pochta:info@uzts.uz |
| Telegram bot:@UzTekstilPromBot |
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




