Kuni kecha Eron Sanoat, konlar va savdo vazirligi boshchiligidagi delegatsiya vakillari Eron Gilam ishlab chiqaruvchilar uyushmasi Raisining birinsi o‘rinbosari M.Sheroziy va “Suntex” savdo kompaniyasi rahbari bilan to‘qimachilik sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikkitomonlama savdo aloqalarini mustahkamlash hamda gilamchilik sohasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoat zonalarida poliester ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun Eron to‘qimachilik kompaniyalarini jalb etish hamda gilam ishlab chiqarishda djut va BCF kabi gilam iplari va to‘quv dastgohlari uchun barcha ehtiyot qismlarini yetkazib berish bo‘yicha kelush imzolandi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




