Qo‘shtepada loyiha qiymati 115 million yevro bo‘lgan, qariyb 3000 ta ish o‘rniga ega yirik tekstil-to‘qimachilik korxonasi barpo etilmoqda
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Raisi o‘rinbosari Baxtiyor Muhammadsaidov tumandagi o‘rganishlari davomida Nurafshon MFYda qad rostlayotgan yirik loyiha “Global Textile Infinity” MCHJda bo‘lib, bu yerdagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
“Global Textile Infinity” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan to‘qimachilik korxonasi ish boshlasa, qariyb 3000 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Jami 115 million yevro investitsiya hisobiga amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning 67 million yevro qismi xorijiy sarmoya bo‘lsa, 48 million yevro korxonaning o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Korxonada kalava ip va sifatli mato, tayyor mahsulotlar tayyorlanadi. Yiliga 65 million yevro qiymatdagi mahsulotlarni eksport qilish salohiyatiga ega.
Ishchi guruh Farg‘ona viloyati bo‘ylab xizmat safari davomida Uchko‘prik tumaniga tashrif buyurdi. Tumandagi 15 gektar maydonda barpo etilayotgan “Boboshbek” savdo va ishlab chiqarish majmuasida qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirdi
Ishchi guruh Uchko‘prik tumanida bo‘lib, “Boboshbek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 15 gektar maydonda bunyod etilayotgan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksi loyihasi asosida ketayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Barpo etilayotgan ushbu zamonaviy yengil sanoat va savdo majmuasida 2 ta logistika markazi, 212 ta ishlab chiqarish tsexi, 336 ta savdo do‘koni, 560 ta kichik savdo rastasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. 7 ming 700 dan ortiq fuqarolar o‘z ish o‘rinlariga ega bo‘lishadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




