O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 14-17 dekabr kunlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari amalga oshirildi .
Tashrif davomida “LT International Textile”, «Qarshi Terminal», “Cotton Road”, “Oqsaroy” va boshqa tadbirkorlik sub’yektlarida ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar, korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar o‘rganildi va korxonalar vakillari bilan muloqot uyushtirildi. Muloqot davomida muammolarni bartaraf qilish yuzasidan bir qancha takliflar kiritildi va aniq maqsadlar qo‘yildi.
Shuningdek, yurtboshimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan yig‘ilish tashkillashtirildi va unda tumanlar va korxonalar rahbarlari va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi vakillari qatnashdi, yig‘ilishda to‘qimachilik sohasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT






