«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Toshkent shahridagi xalqaro ta’lim muassasalari Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Xalqaro Vestminster universiteti, Inxa universiteti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari va professor o‘qituvchilari hamda yirik sanoat korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh talabalarni to‘qimachilik sanoati va uning imkoniyatlari bilan tanishtirish, yosh avlodni rag‘batlantirish, ularning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish hamda ishga joylashish uchun yosh kadrlar zaxirasini to‘ldirishdir.
Uyushma raisi I. Haydarov tomonidan tadbir ishtirokchilari uchun to‘qimachilik sohasini rivojlantirishi va istiqbollari bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tildi.
So‘zga chiqqanlardan «RIETER Uzbekistan» Bosh rahbari M.Razzakov korxonasi O‘zbekistonda vakolatxonasi ochilishi tarixi va bugungi kunda ular ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik dastgohlari va ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik to‘g‘risida yangi g‘oya va imkoniyatlar bo‘yicha so‘zlab berdi.
Tarmoq uchun zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilg‘or texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy va iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida birgalikda ishlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Mazkur tadbirda to‘qimachilik korxonalari “MS BARER” korxonasi bosh rahbari V.Kelesh (Turkiya) va “Melagrana Productions” MCHJ rahbari A.Tashxodjayev rahbarlari ishtirok etib, tajriba va malakali mutaxassislar bo‘yicha o‘rtoqlashildi. Talabalarga vazifalar, takliflar va samimiy tilaklar bildirildi.
Shuningdek, Institut qoshidagi «Karyera Markazi»ni tarmoq korxonalari va talabalari o‘rtasida mazkur tadbirlarni ko‘paytirish va yosh mutaxassislarni amaliyotlarni tashkil etishda, ishga jalb qilishda va ular tomonidan master klass, ochiq muloqot va davra suhbatlarini o‘tkazishda ko‘maklashuvchi yagona uchrashuvlar maydonini rivojlantirishga kelishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




