Bangladeshning “Beximco Group” kompaniyasi rais o‘rinbosari janob Sayed Naved Husayn va “Oneness International Group” kompaniyasi raisi va boshqaruvchi direktori janob Stenli Vey hamda #GIZUzbekistan loyihasi doirasida tayilangan mustaqil xalqaro ekspert janob Patrik Martens “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining maslahatchilari sifatida taklif etildi.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining tashqi bozordagi ishtirokini kengaytirish, sanoatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va aloqalar tarmog‘ini kengaytirish, sanoat korxonalarining jahon bozoriga chiqishiga ko‘maklashish maqsadida Uyushma sanoatni rivojlantirish bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassislar bilan birgalikda netvorkingni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi.
Ushbu qadam uyushma rivojlanishidagi muhim pallani anglatadi va biz ularning tajribasi va bilimlari sohada yangi yutuqlarga hissa qo‘shishiga va global to‘qimachilik arenasida nufuzli ishtirokchi sifatidagi mavqeimizni mustahkamlashiga aminmiz.
Ularning ishtiroki bizga innovatsion strategiyalarni yanada samarali ishlab chiqish va yuqori sifatli va barqaror rivojlanishga intilishda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish imkonini beradi.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining katta oilasiga xush kelibsiz!
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




