Tojikistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Raxmonzoda Abdudjabbor Aziz bilan 26 fevral kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbari to‘qimachilik sohasida ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan va istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.
Shu bilan birga, tomonlar o‘zbek paxta-to‘qimachilik klasterlari tajribasini Tojikistonda ham joriy etish, tegishli mutaxassislarni o‘qitish va tayyorlash hamda to‘qimachilik sanoatida ilg‘or texnologiyalar almashinuvi masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ushbu o‘zaro manfaatli hamkorlik nafaqat O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, balki mintaqada to‘qimachilik sanoatining umumiy rivojlanishiga ham hissa qo‘shishi mumkin.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




