O‘zbekiston-Xitoy investforum doirasidagi B2B va B2G uchrashuvlar to‘qimachilik sohasi uchun samarali bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida “Xiamen ITG” va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi o‘rtasida yana bir Shartnoma imzolandi.
Tomonlar O‘zbekistonda to‘qimachilik korxonalari faoliyatini optimallashtirish maqsadida xitoylik mutaxassis va texnologlar yigiruv fabrikalariga tashrifi tashkillashtirishga, to‘qimachilik mahsulotlari (ip kalava, mato va boshqalar) sotib olish bo‘yicha savdo operatsiyalarini kengaytirishga, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoat zonalarida qo‘shma loyihalar yaratish uchun Xitoy to‘qimachilik kompaniyalarini jalb etishga ko‘maklashish va boshqa masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




