“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, logistika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, turizm va ta’lim sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirishga, hamda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga bag‘ishlangan tashrifdabo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining maxsus vakillari va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining rais o‘rinbosari Muxammadjon Djumaniyazov Xitoyning Xinjiang Yinlong Agricultural International Cooperation Co., Ltd. korxonasi raxbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida Xitoy korxonasi vakillari O‘zbekistonda bo‘layotgan to‘qimachilik sohasidagi yutuqlarni alohida ta’kidlab, katta qiziqish bilan kuzatayotganlarini bildirdilar. Shuningdek korxona raxbariyati O‘zbekiston bilan mavjud xamkorlikni kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston hududida kalava-ip savdosi bo‘yicha savdo ombori qurish va u orqali O‘zbekistondagi kichik va o‘rta tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash istagini bildirdi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar 29 may- 2 iyun da bo‘lishi kutilayotga Toshkent to‘qimachilik haftaligi doirasida O‘zbekistonda uchrashib, kelgusi rejalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldilar
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




