30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining yosh mutaxassislari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan «Zelal», «Bonito», «Ariya Tex», «Bek Mega» to‘qimachilik va tikuv trikotaj korxonalarida bo‘ldilar. Ushbu tashrifdan maqsad uyushmaning bo‘limlarida faoliyat yurituvchi xar bir xodim o‘z faoliyatining sifatli bo‘lishida tizimni tubdan o‘rganish zarur ekanligi aytildi. Xar bir xodim o‘zining bo‘limiga (Moliyaviy – iqtisodiy tahlil, Standartlashtirish va sertifikatlashni takomillashtirish bo‘limi Strategik prognozlash va ilmiy-tadqiqot ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi, Investitsiya loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish) taalluqli yo‘nalishlarni o‘rganib, olingan ma’lumotlar yuzasidan yo‘nalishlari bo‘yicha analiz, monitoringlarini amalga oshirdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT





























