Tantanli ravishda tashkil etilgan ochilish marosimi va matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ochilishida Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi vakili, GIZ loyihasi menejeri Matias Klingenberg, Bandlik vazirligi, to‘qimachilik va charm sanoati uyushmalari rahbariyati ishtirok etdi.
Ushbu tadbir uyushmada to‘qimachilik, tikuvchilik va charm sanoati sohasida kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashining O‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Sultanov o‘z kirish nutqida Germaniya va O‘zbekiston aloqalari har jihatdan rivojlanib borayotgani va shu bilan birga yengil sanoat sohalarida GIZ ning turli loyihalar natijalarini ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga “O‘zcharmsanoat” uyushmasi mas’ul vakili ham o‘z nutqida Germaniya hamkorlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni va loyihalarni e’tirof etdi.
Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi vakili D-r Mixail Vimmer tadbir mehmonlarini qutladi va soha rivojlanishiga ulkan zafarlar tilab qoldi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




