Bugun ayni damda Pokiston Islom Respublikasining Panjob viloyati gubernatori Muhammad Sarvar Chaudxari boshchiligidagi delegatsiya Namangan shahriga tashrif buyurgan.
Delegatsiya a’zolari Namangan viloyati investitsiya va turizm salohiyati bilan tanishishi kuzda tutilgan.
Shu bilan birgalikda mehmonlar Namangan shahrida joylashgan «Art soft xolding» va «Namangan momiq sochiqlari» va boshqa tekstil korxonalariga tashrifni amalga oshirishadi
Delegatsiya tarkibida Pokiston to‘qimachilik uyushmasi raisi Goxar Ejas xam bor. «Uztukimachiliksanoat»uyushmasi va Pokiston To‘qimachilik uyushmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari Uyushma vakillari va korxonalar “Made in Namangan“ ko‘rgazmasi va «Namangan- Panjob» biznes forumida ishtirok etishadi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




