Joriy yilning 22 oktyabr kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov, Polsha-Osiyo Savdo Palatasi Prezidenti Yanush Pexochinski va O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat Palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov ishtirokida muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda olib borilayotgan savdo-iqtisodiy isloxotlar, shu jumladan to‘qimachilik sohasida erishilgan yutuqlar va uning salohiyati to‘g‘risida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Ya.Pexochinski O‘zbekistonda so‘nggi yillarda to‘qimachilik sohasini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan tadbirlar o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatayotgani va Yevropa mamlakatlarida o‘z faoliyatini yuritayotgan to‘qimachilik kompaniyalarining O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqi tomonidan “GSP+” benefitsiari maqomi berilishi Yevropa tomoniga o‘zbek korxonalari bilan savdo va investitsion hamkorlikni mustahkamlash uchun asos bo‘ladi.
Shu bilan birga, tomonlar bir qator muhim yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishdi:
- Polsha davlatida O‘zbekistoning Savdo uyi ochish buyicha dastlabki yo‘l xaritalari ishlab chiqilishi yuzasidan fikrlar almashildi.
- Joriy yil kutilayotgan ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari qatnashishi uchun Polsha tomonidan 600 m2 yer maydoni ajratilganini Ya. Pexochinski aloxida ta’kidlab o‘tdi. Va bu O‘zbekistoning 60 dan otriq yirik to‘qimachilik korxonalari qatnashishiga zamin yaratadi.
- Kutilayotgan ko‘rgazma doirasida Savdo uyi ochish bo‘yicha memorandum imzolanishi bo‘yicha ham aloxida to‘xtalib o‘tildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




