Prezident Sh.Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy ivojlanishi bilan tanishib, “Ekokerama” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Shu yerning uzida viloyatning to‘qimachilik sanoati salohiyatiga yuqori baho berdi.
Jumladan, Farg‘ona viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Xususan, yengil sanoatdagi proyektlar samarasida paxta tolasini qayta ishlash hajmi keskin oshadi. Joriy yil yakunida kalava ip qayta ishlash darajasi 56 foizga, kelgusi yili 71 foizga yetadi. Ilgari viloyatda jami 80 million dollarlik paxta tolasi oddiy xomashyo sifatida sotilgan bo‘lsa, bu yil qariyb 314 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilinadi. Bu ko‘rsatkichni 2021 yilda 540 millionga, kelgusida 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




