✅ Davlat rahbari Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan turar joy majmualari qurilishini boshlab berdi.
❗️ Suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingga yaqin xonadon egalarining har biriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan:
✅ 40 million so‘mlik moddiy yordam;
✅ Televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.
🏬 Uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.
❗️ Ta’mirlanadigan va yangi quriladigan uylar davlat tomonidan bepul qurib-ta’mirlab beriladi.
✅ 1 sentyabrgacha odamlar yangi ko‘p qavatli uylarga va o‘zlarining ta’mirlangan hovli-joylariga to‘liq ko‘chib o‘tadi.
❗️ Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qoladi.
✅ Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 1 ming 800 ga yaqin beton panelli kottejlar zamonaviy ta’mirlanib, o‘z egalariga topshiriladi.
🔵 Shu maqsadda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari boshchiligida 305 ta qurilish tashkiloti va 12 mingga yaqin quruvchilar Sirdaryoga yetib kelgan.
❗️Qiymati 2 trillion 143 milliard so‘mlik 323 ta katta-kichik loyihalar amalga oshiriladi.
💼 Ushbu loyihalar hisobiga Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida joriy yilda 10 mingga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




