O‘zbekistonda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘qitish va ish bilan ta’minlash borasida Davlat Rahbarining topshiriqlari ijrosini bajarish uchun “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan qator ishlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bunday loyihalar orasida 23 yanvar Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi yengil sanoat kolleji negizida dual ta’lim tizimi asosida “Dizayner va texnologlar tayyorlash maktabi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Maktabda vohada faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik korxonalari ehtiyoji uchun xorijiy va mahalliy (korxonalarda faoliyat yuritayotgan) malakali mutaxassislar tomonidan o‘qitiladigan yigiruv va to‘quv jarayonlarining tor doiradagi mutaxassislarni, yangi turdagi mahsulotlar hamda jahon brendlari talabiga mos dizayn va uslubga ega mahsulotlar ishlab chiqarish uchun dizaynerlarni tayyorlash tizimi yaratilgan.
Shuningdek, “LT Textile International” korxonasida tashkil etilgan o‘quv sinfi va texnologik jarayonlariga o‘quvchilar jalb etilishi choralari ko‘rilgan bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalarida ochiq eshiklar kunlarini (oyda 3 marta) ham nazarda tutilgan.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




