«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi faoliyati to‘liq yuritilmayotgan korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.
Xususan; Amudaryo tumanida joylashgan «Tamara tekstil» korxonasi Jizzax viloyatidagi «Jizzax Toshtepa» korxonasi bilan, Taxtako‘pir tumanida joylashgan «Taxta Sheber Qo‘llari» korxonasi Toshkent viloyatidagi «Yusteks» korxonasi bilan, Ellikqal’a tumanida joylashgan «Guldursun Nafosat» hamda To‘rtko‘l tumanida joylashgan «To‘rtko‘l Agro Klaster» korxonalari Toshkent shahrida joylashgan «Simeks Progres» korxonasi bilan, Nukus tumanida joylashgan «Elbek Aqmangit» korxonasi Turkiyalik tadbirkorlar bilan tegirmon usulida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini yetkazish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shu bilan birga, «Tamara tekstil», «Taxta Sheber Qo‘llari» va «Guldursun Nafosat» korxonalari o‘z ish faoliyatini boshladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




