Bugun “Hilton Tashkent” mehmonxonasida “Raqamli to‘qimachilik: IT yechimlari orqali to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda raqamlashtirishning faol jarayoni ketmoqda. To‘qimachilik sanoati hozirgi kunda 1 trln dollaridan ortiq bo‘lgan jahon sanoatida muhim rol o‘ynayotganini hisobga olsak, jahon bozorida raqobatbardosh va dolzarb bo‘lib qolish uchun raqamli yechimlar va yangi texnologiyalarni joriy etish dolzarb vazifadir.
To‘qimachilik sanoatini raqamlashtirishni kuzatar ekanmiz, biz to‘rtinchi sanoat inqilobiga guvoh bo‘lamiz.
Shu bilan birga, raqamli transformatsiya ham imkoniyatlar, ham xavflarni keltirib chiqaradi. Ushbu murakkab jarayonda ehtiyotkorlik va uzoqni ko‘ra bilish uchun biz raqamli texnologiyalarni to‘g‘ri tushunishimiz va ulardan foydalanishimiz kerak.
Forumda rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari belgilaydigan To‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning yangi raqamli strategiyasi taqdim etildi. Shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining yangi – 1fintex.uz, uzbtextile.uz i Textile Makon loyihalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ular yangi, ya’ni raqamli transformatsiya bosqichiga o‘tish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bunday forumni o‘tkazish bilan raqamlashtirish mahsuli bo‘lgan – “Yagona oyna” tizimi orqali o‘z faoliyatini konsalting xizmatlarini ko‘rsatish yo‘liga transformatsiya qilishni ma’lum qiladi. Uyushma, shuningdek, ishlab chiqarish formatlari o‘zgartiruvchi: tejamkor modellardan aqlli ishlab chiqarishga, raqamli fabrikalarga, so‘ngi foydalanuvchi manfaatlariga moslashtirilgan mahsulot yaratishga, AT texnologiyalaridan foydalanish va hokazolar bo‘yicha loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va targ‘ib qiladi.
Hozirda to‘qimachilik sanoati raqamli texnologiyalarga o‘tishning boshida turibdi va biz barqaror va tsirkulyar to‘qimachilik sanoatini yaratishimiz uchun bo‘lajak mutaxassislar xarajatlar va resurslarni tejashda raqamlashtirishning barcha imkoniyatlarini tushunishlari va ulardan foydalanishlari muhim. Faqat shu yo‘li bilan eng qadimgi sanoatni tubdan o‘zgartirish mumkin.
1fintex.uz loyihasi – moliyaviy platforma bo‘lib, unda kichik biznes pul vositalari evaziga debitorlik qarzlarini sotishi mumkin.
Platformada eksporter korxonalar invoyslarini onlayn tarzda savdoga qo‘yish, investorlarni jalb qilish, diskont bilan sotish, 3-5 kunda mablag‘larni olish, o‘z pul tushumlarini oldindan rejalashtirish imkonini beradi.
Rivojlangan davlatlarda bunday mexanizmlar asosida moliyalashtirish an’anaviy bank kreditlarini o‘rnini egallab, katta mavqe’ga ega bo‘lib bormoqda. Bunday mexanizmlar korxonalarga tez muddatlarda garovsiz aylanma mablag‘larini olish, pul tushumlarini rejalashtirish imkonini beradi.
Uzbtextile.com loyihasi – to‘qimachilik V2V savdo platformasi sifatida butun dunyodagi xaridorlarning o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchilar bilan muloqotini soddalashtiradi hamda davlat va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga eksport rejalarini amalga oshirishda yordam beradi.
Platformaning qulay interfeysi va funktsiyalari butun dunyodan to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchilar va xaridorlarni tez va samarali topish, yangi xarid so‘rovlarini va to‘qimachilik sanoatining so‘nggi tendentsiyalari haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Shuningdek, kichik va o‘rta ishlab chiqaruvchilarga eksportga chiqish va kompaniyani ilgari surishni ta’minlaydi.
«Textile Makon» loyihasi – professional ovozli audio va video loyihalar, foto hisobotlar va foto portfeli, reportajlar, syujetlar, shoular, shuningdek, intervyu va filmlar, realiti-shoularni tashkil etish kabi to‘qimachilik sanoatini va soha korxonalarini rivojlantirish uchun keng ko‘lamli mediya, marketing, brending va PR xizmatlarini taklif qiluvchi yagona media-markaz. Veb-saytlar, jurnallar va kataloglar uchun kontent yaratishda yordam berish. Yuqori saviyada tadbirlar, promo-tadbirlar va xalqaro forumlar o‘tkazish.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




