«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Matbuot xizmati raxbarining Respublika To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida so‘ngi 10 oyda eksport, investitsiya hamda tashqi faoliyat xususida brifing bo‘lib o‘tdi.
Xususan brifingda, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida sanoat korxonalarining faoliyati natijalari va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorda keng tadbiq qilishda olib borilayotgan ishlar xaqida ma’lumot berildi.
2021 yil 10 oyi yakuniga ko‘ra, 2.4 mlrd. dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Mahsulotlar jami 65 ta davlatlarga eksport qilingan bo‘lib , Rossiya – 32,1% (769,7 mln.doll.), Xitoy – 22,7% (543,8 mln.doll.), Turkiya – 14,4% (344,1 mln.doll.), Qirg‘iziston – 13,4 (320,5 mln.doll.) asosiy hamkor davlatlarni tashkil etdi. Ushbu davlatlarning ulushi jami eksportda 82,6%ga (1,97 mlrd.doll.) to‘g‘ri keldi. Mahsulotlar eksporti shug‘ullangan korxonalarning soni 1617 tani tashkil etdi. Andijon viloyati korxonalari maxsulot eksportida yetakchilik kilmoqda va bugungi kunga qadar 344 mln.doll. ortiq eksport amalga oshirilgan.
Hududlarni rivojlantirish dasturlariga muvofiq, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida umumiy qiymati 449,7 mln.dollar (shundan 232,7 mln.dollar xorijiy investitsiya va kredit) bo‘lgan 64 ta yirik loyihalar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 16 750 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Uyushmaning tashqi faoliyat hamda kiyim brendlarini jahon bozoriga olib chiqishda muayyan ishlar amalga oshirildi. Bu yuzasidan Noyabr oyida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va korxonalardan tashkil topgan delegatsiyaning Germaniyaga tashrif amalga oshirildi. Asosiy xamkor sifatida Germaniyang xalqaro xamkorlik jamiyati GIZ, Gherzi xalqaro konsalting kompaniyasi bilan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini Yevroittifoqda keng tadbiq qilish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi. Va dastur doirasida bo‘yicha O‘zbekistonni Yevropa uchun sifatli to‘qimachilik resurs xamkori va xududiy fashion markaziga aylantirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Xususan GSP+ preferentsiyalar keng foydalanish va Yevroittifoq xududiga maxsulot eksportini jadallashtirish maqsadida Germaniyaning Trikotaj maxsulotlari ishlab chikaruvchilari konfederatsiya bilan birgalikda Uyushmaning Yevroxududdagi ilk vakolatxonasini ochish va Frankfurt shaxrida BHG kompaniyasi bilan xamkorlikda Savdo uyini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Va bu tuzulmalar 2022 yildan o‘z faoliyatini boshlaydi.
Bundan tashqari tashrif davomida bir qator yirik banklar, moliyalashtirish intstitutlari, to‘qimachilik korxonalari va riteyllar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xususan Mangold Consul kompaniyasi, Hermes Hopp GROUP yirik riteyli, Nina Von C, Triumph, Vossen kabi yirik brendlar, Textima kabi to‘qimachilik uskunalari ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borilib O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish va loyixalarni moliyalashtirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.
Natijada 8.2 mln.dollarlik maxsulot yetkazib berish bo‘yicha 5 ta ekspor kontrakti;
– 162.8 mln.dollardik yuqori texnologik uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha 6 import kontrakti;
– Nemis banklari tomonidan loyixalarni moliyalashtirish uchun 98.4 mln.dollarlik 3 ta kelishuv;
– 8.5 mln.dollarlik texnik ko‘makka qaratilgan 2 loyixani amalga oshirish bo‘yicha kelishuv.
– «Langheinrich» kompaniyasi bilan O‘zbekistonda 1,5 mln. doll qiymatlik investitsiya loyixasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ayni damda uyushma delegatsiyasi Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi va uning natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




