Mahalliy korxonalar faoliyatini rivojlantirish (ichki va eksport buyurtmalari bilan ta’minlash, investitsion loyihalarni shakllantirish, yangi bozorlarga kirib borish va mahsulot eksportiga ko‘maklashish), tikuv-trikotaj yo‘nalishiga ixtisoslashgan yangi korxonalar tashkil etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish maqsadida Respublikada faoliyat yuritayotgan salohiyatli tikuv-trikotaj korxonalari rahbar va mas’ul xodimlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga uyushtiriladigan invest-tur tashkil etilmoqda.
Murojaat uchun telefon: +99894-610-67-29
Respublikada faoliyat yuritayotgan salohiyatli tikuv-trikotaj korxonalari rahbar va mas’ul xodimlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga uyushtiriladigan invest-tur
Dasturi
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
| BIRINCHI KUN | ||||
| 15.30-16.50 | – | №HY0018 reys bilan Toshkent shahridan Nukus shahriga jo‘nab ketish | ||
| 17.00- | – | Nukus xalqaro aeroportida invest-tur ishtirokchilarini kutib olish va «Poytaxt Hotel» mehmonxonasiga joylashtirish | ||
| 18.00-19.30 | – | Kechki ovqat | ||
| IKKINCHI KUN | ||||
| 07.00-07.30 | – | Mehmonxonada nonushta | ||
| 07.30-10.00 | – | Nukus shahridan Mo‘ynoq tumaniga yetib kelish | ||
| 10.00-11.00 | – | Mo‘ynoq tumanida joylashgan «Mo‘ynoq Porloq» MCHJ, “Mo‘ynoq Tekstil” MCHJ hamda “Gold Muynak Masters” MCHJ korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxonalar rahbarlari bilan muzokara o‘tkazish | ||
| 11.00-12.00 | – | Mo‘ynoq tumanining Orolbo‘yi hududlari bo‘ylab ekskursiya | ||
| 12.00-13.00 | – | Tushlik | ||
| 13.00-14.00 | – | Mo‘ynoq tumanidan Qo‘ng‘irot tumaniga yetib kelish | ||
| 14.00-14.30 | – | Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan «Qo‘ng‘irot Tekstil» MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxona rahbari bilan muzokara o‘tkazish | ||
| 14.30-16.00 | – | Qo‘ng‘irot tumanidan Xo‘jayli tumaniga yetib kelish | ||
| 16.00-16.30 | – | Xo‘jayli mumanida joylashgan “Gulmira Tekstil” MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxona rahbari bilan muzokara o‘tkazish | ||
| 16.30-17.00 | – | Xo‘jayli tumanidan Nukus shahriga yetib kelish | ||
| 18.00-19.30 | – | Kechki ovqat | ||
| UCHINCHI KUN | ||||
| 08.00-08.30 | – | Mehmonxonada nonushta | ||
| 09.00-10.00 | – | Nukus shahridan Chimboy tumaniga yetib kelish | ||
| 10.00-11.00 | – | Chimboy tumanida joylashgan «Future Star» MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxona rahbari bilan muzokara o‘tkazish | ||
| 11.00-12.00 | – | Chimboy tumanidan Nukus tumaniga yetib kelish | ||
| 12.00-12.30 | – | Nukus tumanida joylashgan “Elbek Oqmangit” MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxona rahbari bilan muzokara o‘tkazish | ||
| 12.30-13.00 | – | Nukus tumanidan Nukus shahriga yetib kelish | ||
| 13.00-14.00 | – | Tushlik | ||
| 14.00-14.30 | – | Nukus shahrida joylashgan «Jayxun Chevarlari» MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxona rahbari bilan muzokara o‘tkazish | ||
| 14.30-15.30 | – | Nukus shahrida joylashgan «Nukus Tekstil» MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxona rahbari bilan muzokara o‘tkazish | ||
| 15.30-17.00 | – | Nukus shahrida joylashgan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga tashrif buyurish | ||
| 17.00- | – | Mehmonxonaga yetib kelish | ||
| 18.00-19.30 | – | Kechki ovqat | ||
| TO‘RTINCHI KUN | ||||
| 07.30-08.00 | – | Mehmonxonada nonushta | ||
| 08.30-10.00 | – | Nukus shahridan Amudaryo tumaniga yetib kelish | ||
| 10.00-11.00 | – | Amudaryo tumanida joylashgan «Tamara Teks» MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxona rahbari bilan muzokara o‘tkazish | ||
| 11.00-12.30 | – | Amudaryo tumanidan Ellikqal’a tumaniga yetib kelish | ||
| 12.30-13.30 | – | Tushlik | ||
| 13.30-14.30 | – | Ellikqal’a tumanida joylashgan «Ellikqal’a Teks» MCHJ va «Chamanteks» MCHJ korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxonalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish | ||
| 14.30-15.00 | – | Ellikqal’a tumanidan Beruniy tumaniga yetib kelish | ||
| 15.00-15.30 | – | Beruniy tumanida joylashgan «Baxt Teks Obod» MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxona rahbari bilan muzokara o‘tkazish | ||
| 15.30-16.00 | – | Beruniy tumanidan To‘rtko‘l tumaniga yetib kelish | ||
| 16.00-17.00 | – | To‘rtko‘l tumanida joylashgan «To‘rtko‘l Omad Tekstil» MCHJ korxonasi faoliyati bilan tanishish hamda ushbu korxona rahbari bilan muzokaralar o‘tkazish | ||
| 17.00-17.30 | – | To‘rtko‘l tumanidan Urganch xalqaro aeroportiga yetib kelish | ||
| 19.30- | – | HY-057 reys bilan Urganch shahridan Toshkent shahriga jo‘nab ketish | ||
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



