2022 yil 26 avgust kuni “S. Oliver Group” (Germaniya) va “Grosso Moda” (Niderlandiya) kompaniyalarining Germaniyaning GIZ hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgin O‘zbekistonga tashrifi doirasida, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Sultanov bilan Uyushma binosida uchrashuv tashkil etildi.
“Grosso Moda” kompaniyasi ishlab chiqarish direktori Lars Alblas (Lars Alblas) O‘zbekistonning bir qancha to‘qimachilik korxonalari, jumladan “Global Textile Group”, “Real Tex”, “Narimtex”, “Istiqlol Dizayn”, “D.Maretti”, “BCT cluster” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishganligi xaqida ma’lumot berdi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Sultanov uchrashuv ishtirokchilariga O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati xaqida batafsil ma’lumot berib, loyixalarni moliyalashtirish, eksportchi korxonalar uchun logistika imtiyozlari, xamkorlikda ishlash istiqbollari bilan yaqindan tanishtirdi.
“S. Oliver Group” kompaniyasi savdo bo‘limi boshlig‘i Katya Gast (Katja Gast) O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish, xalqaro standartlarni joriy etilgan korxonalar bilan yaqindan ishlash va O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida qayta ishlash hamda ikkilamchi mahsulotlar importi bo‘yicha katta qiziqish bildirdi. O‘z o‘rnida “Grosso Moda” kompaniyasi ishlab chiqarish direktori Lars Alblas standartlashtirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning O‘zbekistonda laboratoriyalarini tashkil qilish, to‘qimachilik aksessuarlari ishlab chiqarish xajmini ortirish va O‘zbekiston logistika kompaniyalari bilan uchrashuvlar tashkil etish bo‘yicha qiziqish bildirdi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Sultanov standartlashtirish sohasida olib borilayotgan ishlar jumladan Germaniyaning GIZ hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda BCI standartini joriy qilishda erishilgan kelishuvlar, to‘qimachilik aksessuarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar va yangi tashkil etilayotgan loyixalar xaqida ma’lumot berib, yuqorida qayd etilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Uyushma xamkorlikka tayyor ekanligi qayd etildi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim qilishga va oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi belgilangan Tashkent Textile Summit xalqaro to‘qimachilik sammitida ko‘rishishga kelishib olishdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




