27 fevral kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Hamud Al Mutairi bilan to‘qimachilik sanoatida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha samarali muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi to‘qimachilik sohasidagi savdo va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash va kengaytirishga qaratildi.
Tomonlar Saudiya Arabistonidan yirik to‘qimachilik kompaniyalari va investorlar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishib, bunda ikki mamlakatning to‘qimachilik sanoatidagi hamkorlikni jadallashtirish va kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli rivojlantirish faol maqsad qilingan.
Uchrashuv yakunida ikki tomon Saudiyalik hamkorlarning 8-10 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ITMF& IAF 2024 xalqaro konferentsiyasida ishtirok etish to‘g‘risida kelishib oldilar.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




