Ayni paytda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi “To‘qimachilik mahsulotlari xavfsizligi va sifatiga” bag‘ishlangan konferentsiya doirasida AQShda bo‘lib turibdi. Tashrif davomida uyushmaning mas’ul xodimlari Amerika tashkilot, kompaniya va brendlari vakillari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Shunday qilib, WRAP rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar soha korxonalarini WRAP sertifikatiga tayyorlash, ular uchun 2023-yil 27-martda trening o‘tkazishga kelishib oldilar. Korxonada bunday sertifikatning mavjudligi Amerika brendlari bilan hamkorlikni kengaytirish va 2023 yil 7-9 avgust kunlari o‘tkaziladigan Magic Trade Show xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok yetish imkonini beradi, bu esa Amerika bozorida ularning to‘qimachilik mahsulotlari uchun piar bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, o‘quv seminarlari, maxsus ichki tarmoq tadbirlarida yetakchi tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashishda noyob imkoniyat ochadi.
Frantsiyaning Eurofins Scientific SE to‘qimachilik mahsulotlari uchun sinov xizmatlarini ko‘rsatuvchi laboratoriyalar guruhi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonni ZDHC (Xavfli kimyoviy moddalarning nol emissiyasi dasturi) kontseptsiyasiga kiritish, shuningdek, respublikada ularning laboratoriyasini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Amerikaning Patagonia brendining mahsulotga ta’siri va innovatsiyalar bo‘yicha direktori – Metyu Dvell bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda Amerika tomoni O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga, ayniqsa, ustki kiyim ishlab chiqaruvchilariga qiziqish bildirdi.
Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, korxonalar Amerika bozoriga kirishi va brend bilan ishlash uchun fabrikalarda, tayyor mahsulot ishlab chiqarish fabrikalarida adolatli mehnat amaliyoti va xavfsiz mehnat sharoitlarini targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlashda kompleks nazoratga e’tibor berish muhimdir. Shuningdek, yetkazib beruvchilarning paxta maydonlari NSF – Kelib chiqishini kengaytirilgan global kuzatish standarti, GOTS – Global organik to‘qimachilik standarti, OCS – Organik tarkib standarti va Fair Trade – Mahsulot xavfsizligini kafolatlovchi kabi sertifikatlarga ega bo‘lishi kerak. Brendning o‘zi Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) mehnat standartlariga asoslangan Yetkazib beruvchining xulq-atvor kodeksiga amal qiladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




