“XON QIZI” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi korxona Toshkent viloyati, Bekobod tumani, Zafar shaharchasi, “Bo‘ston” mahallasida joylashgan.
Korxona 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tayyor tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. 2020 yilda korxonada kengaytirish ishlari olib borildi va 100 dona “Jack” rusumli tikuv mashinalari o‘rnatildi.
“XON QIZI” MCHJ rahbari Ermatova Shoxida yosh tadbirkor ayollardan bo‘lib, doimiy izlanishda. U boshchiligida kichik korxona katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Ushbu korxona Bekobod tumanidagi ko‘plab maktablar o‘quvchilarini muntazam ravishda maktab formalari bilan ta’minlab kelmoqda.
Respublikamizda “COVID-19” koronavirus infektsiyasi tarqalish xavfini oldini olish uchun karantin tizimi joriy etilishi bilanoq korxona tomonidan “Bekobod metallurgiya kombinati” tibbiyot bo‘limi xodimlari uchun 500 ta maxsus kombinezon ishlab chiqarilidi.
Korxona bugungi kunda “Bekobod metallurgiya kombinati” injener-texnik xodimlari va ishchilari uchun maxsus kiyim ishlab chiqarishga 4000 ta maxsus kiyimga buyurtma olgan.
Chet hududda joylashgan kichik korxonalarni bir maromda faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida «Sharq liboslari dizayn markazi» MCHJ tomonidan “XON QIZI” MCHJ ga “Bekobod metallurgiya kombinati” injener-texnik xodimlari va ishchilari uchun maxsus kiyimlarga beg‘araz yordam sifatida o‘lchamlar kesimida andozalar tayyorlab berildi.
«Sharq liboslari dizayn markazi» MCHJ mutaxassislari ushbu korxonaga borib, joyida kerakli maslahatlar berildi. Tez kunlarda “XON QIZI” MCHJ xodimlaridan bir guruhi Dizayn Markaz qoshidagi “ Sharqona liboslar” o‘quv markazida malaka oshirib ketishiga kelishib olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




