Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Gherzi tashkiloti vakillari O‘zbekistonda bo‘lib turibdilar.
2022-yil 14-aprel kuni Reference Report (Hisobot)ni ishlab chiqish doirasida Shveytsariyaning Gherzi konsalting kompaniyasi vakillari Kerim Shafii va Loran Okutyurye yirik «Global Textile Solution» va «IDEAL TEXTILE GROUP» to‘qimachilik korxonalariga tashriflari bilan o‘z vazifalarini yakunladilar
Gherzi ekspertlariga “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari hamrohlik qilib, muzokaralar davomida tegishli ravishda ko‘maklashdilar.
Uchrashuvlar ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Unda ishtirokchilar mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatining bugungi holati, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston tomoni taqdim etgan ma’lumotlar mustaqil hisobot ishlab chiqishda yordam beradi, bu esa o‘z navbatida potentsial xorijiy investorlar va brendlarga respublikaning to‘qimachilik va paxta sohalari haqida to‘liq tasavvur beradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




