28 iyul kuni «Munosabat» ko‘rsatuvida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati ishtirok etdi.
«O‘zbekiston» telekanali tomonidan tayyorlanayotgan «Munosabat» ko‘rsatuvining 2021 yil 28 iyul kuni soat 18:30 da jonli efirga uzatilgan soni «So‘ngi besh yilda O‘zbekiston Respublikasining to‘qimachilik sanoati tizimida amalga oshirilgan islohotlarning natijalari, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati» mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Dasturda so‘ngi besh yilda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog‘ida islohotlarning so‘ngi 4 ta yo‘nalish asosida amalga oshirilganligi alohida ta’kidlash zarur, ya’ni:
Tarmoqda tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishi va ularning faoliyat erkinligi kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari zamonaviy talablar hamda tadbirkorlarning mavjud muammolarini chuqur tahlil qilish asosida takomillashtirildi.
Tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligi, moliyaviy ta’minlanishi va diversifikatsiya yo‘nalishlari aniqlab olindi.
Tarmoqning xom ashyo bazasi bozor iqtisodiyoti talablari asosida paxta yetishtiruvchilarning manfaatlari inobatga olingan holda isloh qilinib, sifatli xom ashyo bazasi bilan ta’minlandi.
Tashqi bozorlarda bemalol raqobat qilish sharoitlari yaratib berildi.
Bular natijasida 10 ta qarorlar qabul qilindi shulardan beshtasi Prezidentimiz tomonidan tasdiqlab berilgan asosiy yo‘nalishlardir. Shuning natijasida paxtani qayta ishlash ip yigiruv korxonalar sifatida qarasak oxirgi 3 yilni ichida ya’ni 2016 yilda jami 37% paxtani qayta ishlagan bo‘lsak bugungi kunda Respublikada yetishtirilayotgan paxta tolasini 100% qayta ishlash quvvatlarini tashkil etishga erishildi.
Bugungi kunda paxta tolasi eksporti batamom to‘xtatildi. Biz oldin paxtani 1.5 $ dan sotgan bo‘lsak bugun biz uni to‘liq qayta ishlayapmiz. Avallari bizning paxtamizga nisbatan ba’zi bir cheklovlar bor edi ya’ni majburiy mehnat borligi uchun butun dunyo O‘zbekiston paxtasini boykot qilardi. AQSh hukumati tomonidan O‘zbekiston bolalar va majburiy mehnat mavjud davlatlar «Qora ro‘yxat»idan rasman chiqarildi. Buni to‘g‘ri talqin qilish kerak biz mahsulotimizni xom ashyo sifatida eksport qilishimiz emas balki biz tayyor mahsulot qilib yuqori qo‘shilgan qiymat bilan xalqimizni daromadini oshirishimiz kerak.
2017 yil 17 dekabrda tarmoqni yangi bosqichga olib chiqadigan farmon qabul qilindi ya’ni tarmoqni to‘liq xususiylashtirishga o‘tdik va shu yilning o‘zida to‘qimachilik tarmog‘ini qishloq xo‘jaligi bilan kooperatsiyasini yangi bosqichga olib chiqdi ya’ni klasterlar tizimi joriy qilindi.
Shundan so‘ng Iqtisodiyot fanlari doktori Nodirbek Rasulovga so‘z berildi. To‘qimachilik sanoati Respublikada iqtisodiyotining drayver sanoati deb belgilandi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan To‘qimachilik korxonalari uchun ayniqsa Yevropa mamlakatlari uchun eksport qilish, bizning yurtimizda majburiy mehnat yo‘qligini isbotlab berish natijasida GSP+ tizimga O‘zbekistonning kirishi bu juda katta imkoniyat yaratilganligini va mahsulotni chetga olib chiqish uchun Yevropaning qat’iy talablari borligi ta’kidlab o‘tildi.
To‘qimachilik sanoati yengil sanoatning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq biz to‘qimachilik sohasiga e’tibor qaratganmiz lekin biz vaqtdan orqaga qolganmiz.
Chet davlatlardan qancha mahsulot import qilinyapti ya’ni nechchi million dollarlik mahsulot biz sotib oldik buning hisob kitobi bilan deputatlar guruhi qiziqish bildirishdi.
Mutaxassislar bu savolga atroflicha javob berishdi. Ko‘pchilik savol beradi soha nima hisobidan boyib bormoqda? Bizning tadbirkorlarimiz Prezidentimiz yuritayotgan siyosatni ma’qullab ishonch bildirib ularga ergashishidandir albatta. Agar bu ishonch bo‘lmaganda mahsulot eksporti 2.0 mlrd.dollarga yetkazilishi va 70 dan ortiq xorijiy davlatlarga, dunyoning barcha qit’asiga yetkazib berilishi, so‘ngi 4 yil ichida 255 dan ortiq yangi loyihalarni ishga tushirilishi, 2.1 mlrd.dollar investitsiyalar kiritilishi.
Xorijiy investitsiyalar hajmi 3.2 mlrd.dollarga yetkazilishi, 120 ortiq yangi xorijiy korxonalar ishtirokida korxonalar tashkil etilishi, 4 yil mobaynida 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlar yaratilishi, yillik 15 ming yangi ish o‘rinlari yaratib kelinishi bo‘lmas edi.
Ko‘rsatuv davomida kichik modalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, Dunyo bo‘ylab eksport qilinayotgan O‘zbek brendlari Ideal, Bonitto kids kabi mahsulotlar namoyish etildi.
Dunyoning yirik davlatlariga eksport qilib kelayotgan 15 yildan bera faoliyat yuritib kelayotgan Brend rahbari “Fratelli cassa” asoschisi Shoxruh Kayumov mutaxassis sifatida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasidagi yutuq va kamchiliklarga to‘xtaldi.
-Qachon bizning brendlarimiz dunyoga mashhur bo‘ladi, O‘zbekistonda milliy brendlarimizdan 5 tasini sanab bera olasizmi? deb so‘z boshladi Shoxruh Kayumov. Bu savolni berganimdan maqsad yuqorida ta’kidlab o‘tilgan Prezidentimizning odil qarorlari bu tadbirkorlarga yangi yo‘llar ochib berdi, Uyushma yordam berdi, hamma shart sharoitlar qilindida tadbirkorlarga nima qoldi! Rivojlanish qoldi, brending qoldi, marketing qoldi deb 3 ta muhim masalani ko‘tardi. Hamma narsa bor qachongacha hamma shart-sharoitlarni Davlat qilib beradi.
Muammo nimada muammo Reklamaga taqaldi, raqobatga taqaldi. Hamma narsa bor import, eksportga imtiyozlar olindi yana nima kerak. Kiyimni nima sotadi, dizayn sotadi ana undan keyin narx sotadi. Ya’ni bizning dizaynimiz, brending va marketingimiz kuchli bo‘lmas ekan biz chet elga chiqolmaymiz. Bizning maqsadimiz boshqalardan farqli bo‘lgan boshqalarda bo‘lmagan mahsulot yaratish. Chet el bizdan nimani kutadi 100% paxtadan tayyorlangan mahsulotlar, bizning shoyi, adras, va milliy naqshlarimiz bor shular bilan uyg‘unlikda tayyorlangan liboslarni chet elliklar bizdan kutishadi. chiqishimiz deb aytib o‘tildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




