Ayna damda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab quvvatlash va xodimlar orasida sport bilan shug‘ullanishni keng targ‘ib qilish maqsadida «Sport – sog‘liq garovi» shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Unda stol tennisi, shaxmat va shashka, velotrek poygalari tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099 sonli «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Xodimlar sog‘lig‘ini doimiy nazorat qilish va sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish, sport bilan shug‘ullanishga xodimlar orasida keng tatbiq etish maqsadida Uyushma Kadrlar bo‘limi, kasaba uyushmasi va Matbuot xizmati bilan birgalikda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, turli tamaki mahsulotlarini chekmaslik va to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘ygan xodimlar moddiy rag‘batlantirib kelinmoqda.
Ayollarni sog‘lomlashtirish uchun turli sihatgohlarga yo‘llanmalar taklif qilinmoqda va xodimlarni vazni oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uyushma xodimlari vazni tekshirib borilib mutaxassislar tomonidan maslahatlar berib borilmoqda.
Bugungi tadbir davom etmoqda, xodimlar belgilangan soatlarda ish o‘rinlaridan chiqishlari va qolgan vaqt o‘z ish joylarida bo‘lishlari nazorat qilinmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT























