Joriy yilning 21 oktyabr kuni eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi 6091-sonli Farmoni qabul qilindi
Unga ko‘ra 2022 yil 1 yanvariga qadar eksport bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqarish va savdo-vositachi korxonalarni eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lar uchun ajratiladigan kreditlari foizlarini qoplash:
- milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 10 foiz banddan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- chet el valyutasidagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 5 foiz banddan ko‘p bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Bunda foizlarni qoplash kredit foiz stavkasi va miqdoridan qat’iy nazar amalga oshiriladi.
Shuningdek, ko‘rsatilgan muddatga qadar eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lari uchun beriladigan kreditlar bo‘yicha kafillik miqdori 4 mlrd. so‘mdan 8 mlrd. so‘mga oshirildi.
Taqdim etiladigan kafilliklar bo‘yicha komissiya to‘lovlarini ikki baravarga kamaytirilgan miqdorda undirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Kredit foizlarini qoplash va kafolat masalalari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga murojaat etish lozim
Qarorda eksportni rag‘batlantirish Agentligiga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar ajratish vazifasi yuklatilgan va ushbu maqsadlarda Agentlikka 100,0 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan.
Ushbu mablag‘ tijorat banklari orqali eksportchi korxonalarga va savdo tashkilotlariga 1 martalik moliyaviy resurslar sifatida 1 mln AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda va 1 yilgacha muddatga beriladi.
Farmonning to‘liq matni bilan tanishish.
Olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarni qoplash, eksportoldi moliyalashtirish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish masalalari bo‘yicha “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Moliyaviy-iqtisodiy taxlil boshqarmasiga murojaat etishingiz mumkin (78-2022244, ichki 114, 112).
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




