Joriy yilning 5 iyul kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Eronning neftni qayta ishlash yirik kompaniyalari Rezel Catalyst Corporation va Pasargad Energy Development Company rahbariyatlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, shuningdek, yirik mahalliy to‘qimachilik korxonalari onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘z sohalari bo‘yicha taqdimotlari va ma’lumotlar bilan ulashishdi. Bu borada, eronlik hamkorlar tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari uchun poliester, poliamid va POY kabi zarur neft mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim sanalgan bosqichlari tug‘risida va kompaniyalarning ishlash faoliyati davomida o‘rnatilgan logistika bo‘yicha batafsil taqdimot namoyish etildi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra, tomonlar to‘qimachilik sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni tashkil etish va Eronga eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlarini saqlash hamda ularni tashishda logistika xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




