Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 maydagi 271-sonli “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va tarmoq korxonalari tomonidan Respublika umumiy o‘rta ta’lim maktablarida taxsil olayotgan jami 6,6 million nafar o‘quvchini uchun yagona maktab formasini ishlab chiqarishni tashkil etish vazifasi berilgan.
Mazkur qarorga asosan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda o‘quvchilarni sifatli va zamon talabiga mos maktab formalari bilan ta’minlash uchun respublika bo‘ylab 560 ta mahalliy korxonalar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu korxonalarda mavjud quvvatlar yillik 45,0 million (oylik quvvat 3.8 mln.dona) dona maktab formasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi (kichik tsexlar va atelyelar ishlab chiqarish quvvati hisobga olinmagan).
O‘rganish natijalariga ko‘ra maktab formasini ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida 26 mln kv. m. gazlama mato ishlatiladi. Respublikamizning 7 ta xududida joylashgan korxonalarning yillik quvvati 179,0 mln.kv.m mato ishlab chiqarishni tashkil etadi. O‘rtacha oylik ishlab chiqarish quvvati 10-14 mln.kv.mni tashkil etadi. Yani mavjud quvvatlar maktab formasini ishlab chiqarishda xom ashyoga bo‘lgan talabni qondira oladi.
Joriy yilning 20 iyul xolatiga to‘qimachilik korxonalari tomonidan 1,5 million komplektdan ortiq maktab formalari tayyorlanib, savdo shaxobchalari va maktab yarmarkalarida sotuvga chiqarilgan. Jumladan Toshkent viloyati va Toshkent shaxrida jami 1,0 million o‘quvchi ta’lim oladi. Ushbu xududlarda maktab formasini ishlab chiqarish quvvati 5 million donadan ortiqni tashkil etadi.
Hududlardagi korxonalar quvvatlari o‘rganish jarayonida birgina Namangan viloyatining o‘zida 276 ta korxona 19,0 mln.dona maktab formasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ayni damda ushub korxonalarga 2.5 mln.dona maktab formasi ishlab chiqarishga buyurtmalar tushgan.
Maktab formasi ishlab chiqarilishida bolaning bo‘yi, vazni va boshqa xususiyatlari inobatga olingan.
«O‘zto‘qimachiliksanoati» uyushmasi axborot xizmati
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




