O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-53-sonli Farmoni bilan ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash belgilangan edi.
Mazkur soliq yengilligi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Senat tomonidan ma’qullanib, kuchga kirdi ((O‘RQ–767-son, 05.05.2022y.).
Endi bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarning kamida 80 foizini eksport qilgan korxonalarga korxonalar 2022 yil 1 fevralidan boshlab yagona ijtimoiy soliqni 12 foiz stavka bo‘yicha emasl, balki 1% foizli stavka bo‘yicha hisoblash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Qonun 2025 yil 1 yanvargacha kuchga ega bo‘ladi.
Bugungi kunda Respublikada bo‘yalgan mato, bo‘yalgan ip gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalar soni 200 dan ortiqni tashkil etib, ular tomonidan 2021 yilda jami 1,8 mlrd. dollar miqdorida mahsulotlar dunyoning turli davlatlariga eksport amalga oshirilgan.
Mazkur korxonalarda korxonalarda 85 mingdan ortiq ishchi xodimlar ish faoliyati yuritadi. bilan band bo‘lgan xodimlar soni 85 mingdan ortiqni tashkil etib, ularga yil davomida 1200,0 mlrd. so‘mdan ko‘proq miqdorda ish xaqqi hisoblanar va 12 foizli stavka bo‘yicha 144,0 mlrd so‘mdan ko‘proq yagona ijtimoiy soliq to‘lanar edi. Endi esa, soliq yengilligi berilishi natijasida mazkur korxonalar tomonidan atigi 12,0 mlrd so‘m yagona ijtimoiy soliq to‘lanib, 132 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, ishlab chiqarishn ko‘paytirish maqsadlarida ishlatish uchun korxonalar ixtiyorida qolmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




