Avval xabar berganimizdek, yurtimizda Gesamtmasche Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi Prezidenti Martina Bante boshchiligida Germaniyalik ishbilarmonlar delegatsiyasi bulib turibdi.
Delegatsiya 1 noyabr kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilxom Xaydarov bilan bulgan uchrashuv chogida Uzbekistonga taklif uchun minnatdorchilik bildirib, mamlakatda uzgarishlar xayratlanarli ekanligini ta’kidladi.
To‘qimachilik texnoparkida bulib utgan ushbu biznes kooperatsiyada davomida taraflar O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqari va eksport salohiyati muhokama qilishdi. Xususan Yevropa Ittifoqi davlatlariga GSP+ tizimidan samarali foydalangan holda maxalliy brendlarni raqobatbardoshliligini oshirsh choralari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek delegatsiya tarkibida Triumph Holding AG, Falke, Nina Von C, Zwissler Holding AG, Mey GmbH & Co., Karl Conzelmann GmbH & Co, Bahner Strumpf GmbH kabi Germaniya va Avstriyaning yirik korxona raxbarlari mavjud. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu korxonalar o‘zbek to‘qimachilik maxsulotlarini avvaldan ishlab chiqarishda ishlatishgan, va xozirda mavjud aloqalarni mustaxkamlash va yangi xamkorlarni topish uchun tashrif buyurishganini ma’lum qilishdi.
I.Xaydarov Yevrokommissiya tomonidan taqdim etilgan GSP+ tizimidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishda va to‘qimachilik mahsulotlari eksportini jadallashtirishda Germaniyalik xamkorlarning ko‘magiga katta ishonch bildirdi va kelgusida gigant to‘qimachilik davlatlari qatorida O‘zbekiston xam ishonchli xamkor bo‘la olishini ta’kidladi.
Martine Bante o‘z o‘rnida O‘zbekiston o‘zining xalqaro miqyosdagi o‘rnini kundan kun mustaxkamlab borayotgani va Germaniyalik xamkorlar doim bu o‘zgarishlarni qo‘llab qo‘vvatlashi, va mustaxkam aloqalarni o‘rnatishga ishonch bildirdi.
Respublika viloyatlarida joylashgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda eksport va investitsiya saloxiyatini o‘rganish maqsadida delegatsiya Andijon, Namangan va Fargona viloyatlarida joylashgan 10 dan ortik korxonalarga tashrif buyurishadi.



O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




