Joriy yilning 25 yanvar kuni energetika tizimida yuzaga kelgan vaziyat sababli to‘qimachilik sohasi korxonalarining ham ishlab chiqarish faoliyatida uzilishlar yuzaga kelib, xozirda bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.
Jumladan,
Qorakalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida joylashgan korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati to‘liq qayta tiklandi.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan hududlarda energiya ta’minotini qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshken viloyati hamda Toshkent shahrida joylashgan korxonalar faoliyati ham bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda.
Shuningdek, Uyushma tomonidan tezkor shtab tashkil etilib, soha korxonalarining energiya ta’minotidagi muammolar o‘rganilmoqda va ta’minotni qayta tiklash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilib, barcha zaruriy ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.
Respublika energetika tizimida yuzaga kelayotgan vaziyatni inobatga olgan holda, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishingiz hamda ushbu jarayonda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishingiz so‘raladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




