Bugungi kunda, soha vakillari tomonidan to‘qimachilik sanoatida tor doiradagi kadrlar yetishmovchiligi mavjudligi turli bahslarni tug‘dirmoqda. Texnolog, konstruktor, planirovkachi, konstruktor-stilist, dizayner, bo‘yoqchi shular jumlasidan. Ushbu masalani yechimi sifatida bugungi kunda korxonalar Turkiya, Pokiston, Xitoy, Hindiston, Bangladesh kabi davlatlardan mutaxassislarni jalb qilib kelmoqdalar.
Mahalliy kadrlarni tayyorlash uchun dastur ishlab chiqish maqsadida va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi konsalting xizmatlarini kengaytirish borasida Germaniya trikotaj ishlab chiqaruvchilar konfederatsiyasi- Gesamtmasche hamkorligidagi GUZ Partners loyihasi doirasida 14-dekabr kuni “ToT Program” trenerlarni tayyorlash dasturini rivojlantirish bo‘yicha vorkshop bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir uyushmaning konsalting tizimiga qaratilgan transformatsiyasi va o‘zbek korxonalarining Yevropaga eksportini jadallashtirish va kadrlarni tayerlashga ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lib, unga mahalliy yetakchi korxonalar vakillari, jumladan Global Textile, Navbahor Textile, Nil Granit, Urban Style, Oliy ta’lim vazirligining professional kadrlar tayerlash markazi, Innovatsiya agentligi, Toshkent to‘qimachilik instituti, Namangan to‘qimachilik instituti, Andijondagi SAMO instituti, hamkor tashkilotlar GIZ va Oxus Tvet mas’ul mutaxassislari jalb etildi.
Vorkshop davomida xorijiy ekspert Martin Strähle tomonidan soha uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim – innovatsiya – ishlab chiqarish bilan bog‘lash maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda trenerlar tayerlash uchun dastur ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda
– eksportni rivojlantirish va marketing
– bo‘yoqxonalar faoliyatini rivojlantirish
– texnologiyalar samaradorligi oshirish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish texnologlari
– dizayn-konstruktor kabi yo‘nalishlar taqdim etildi
Ishtirokchilar fikr-mulohazalari o‘rganildi va mutaxassislar qisqa muddatli (1 oydan 6 oygacha) o‘quv kurslarda loyiha doirasida tayyorlangan mahalliy trenerlar tomonidan o‘qitilishi kelishib olindi.
O‘quv rejasi soha korxonalari talablariga binoan ishlab chiqiladi. Trenerlar Uyushma xodimlari va korxona vakillari orasidan tanlab olinadi va ishlab chiqilgan o‘quv dasturi va metodik qo‘llanma asosida o‘qitiladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




