To‘qimachilik sanoatining bugungi holati va 2025-2026 yillarda to‘qimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini muhokamasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida 30 ta hamda onlayn ravishda 200 dan ortiq tikuv-trikotaj korxona rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda bugungi kundagi dolzarb muammolar ko‘rsatildi. Jumladan:
– Eksportda ortiqcha to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarilishidagi soliq organlari tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqishdagi muammolar, tartibga soluvchi qonunchilik xujjatlaridagi kamchiliklar, shuningdek, qonun hujjatlarida tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot bazasida ma’lumotlar taqdim etilmasligi, soliq organlari tomonidan bazada mavjud ma’lumotlar taqdim etilishi masalasi.
– Eksporter korxonalar hozirgi vaqtda akkreditiv va faktoring kabi moliyalashtirishga ehtiyoj kattaligini, lekin tijorat banklarida bunday xizmatlar keng yo‘lga qo‘yilmaganligini, akkreditiv ta’minoti asosida moliyalashtirish ololmayotganliklari masalasi.
– Korxonalar imtiyozli aylanma mablag‘larni samarasi yetarli darajada bo‘lmayotganligi, mablag‘larni tezlashtirilgan tartibda olish zarurligi masalasi.
Shuningdek, qizg‘in muhokamalar natijasida mahsulotlar sifati va eksportini oshirish borasida korxona vakillari qator takliflarni taqdim etdi:
– Soliq va bojxona ma’lumotlar bazasi tizimlarini integratsiyalashni tezlatish, hujjatlarni ikki tashkilot o‘rtasida avtomatik ravishda almashishini tezlashtirish lozimligi taklifi.
– Xom-ashyo va ehtiyot qismlar, ayniqsa aksessuar va furnituralarning barcha turlarini import qilishda bojxona bojidan ozod etilishi taklifi.
– Mehnat kodeksining “qo‘shimcha ish vaqtlari” qismiga, jaxon tajribasi asosida haftalik 40 soatlik ish vaqtiga qo‘shimcha 8-12 soatlik “qo‘shimcha ish soatlari”ga yollanishiga ruhsat berish va muvofiq rivishda ish haqqini hisoblash taklifi.
– Elektr va gaz ta’minotini uzluksizligini ta’minlash taklifi.
– Xorijdan tikuvchi va mutaxassislarni olib kelishda ruhsatnoma to‘lovini pasaytirish taklifi.
– Bangladesh mamlakatiga tug‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish taklifi.
– Maxalliy trikotaj to‘quv korxonalaridagi mahsulot sifatini oshirish choralarini ko‘rish taklifi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




