O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmonining 2-ilovasiga muvofiq Jarqo‘rg‘on to‘qimachilik kolleji, Qarshi tumani yengil sanoat kolleji, Xiva yengil sanoat kolleji va Olmazor yengil sanoat kollejlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimiga o‘tkazilgan.
Kollejlarda 2020-2021 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ma’lumot (11 sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida ikkinchi va undan keyingi ta’lim olishlari uchun mavjud talab ehtiyojlari asosida mutaxassisliklarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat yuritishi belgilangan.
Kollejlar 2020-2021 o‘quv yili uchun quyidagi kasb va mutaxassisiliklar bo‘yicha umumiy o‘rta ma’lumot (11 sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega shaxslarni to‘lov-kontrakt va davlat byurtmasi asosida o‘qishga qabul qiladi:
- To‘qimachilik ishlab chiqarish (soha bo‘yicha:yigiruv, to‘quv, bo‘yoq, tikuv-trikotaj va x.k.);
- To‘qimachilik ishlab chiqarish jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
- Tikuv mahsulotlarini konstruktorlashtirish, modellashtirish texnologiyasi;
- Tekstil mahsulotlari texnologiyasi (turlari bo‘yicha);
- Paxta tozalash sanoati texnologik jihozlari operatori;
- To‘qimachilik uskunalari elektronchilari;
- Kashta, gazlama va to‘qish turlarining zamonaviy uskunalarini dasturlash;
- Libos bo‘yicha rassom;
- Tikuvchi;
- Yakka tartibdagi kiyim tikuvchisi;
- Tikish jihozlari operatori;
- Tikuv-trikotaj jixozlari operatori.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




