8 iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan Namangan viloyatidagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog‘ining qator korxonalari bilan yig‘ilish tashkil etilib, ularning standartlashtirish sohasidagi mavjud muammolari o‘rganildi.
Mazkur yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 yanvardagi 43-son qaroriga muvofiq, soha korxonalari tomonidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo import qilinganda, ular uchun ekologiya, veterinariya, sanitariya-epidemiologiya xulosalari hamda sertifikatlovchi tashkilotlarning muvofiqlik sertifikati olinishi majburiyligi belgilangan.
Bu esa, o‘z navbatida, korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlariga salbiy ta’sir o‘tkazib, qo‘shimcha mablag‘lar sarflanishiga hamda chet ellik xaridorlar oldidagi majburiyatlar o‘z muddatida bajarilmayotganligiga sabab bo‘lmoqda.
Suhbat chog‘ida korxonalar muammolari muhokama qilindi va kelib tushgan takliflar o‘rganish uchun qabul qilindi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




