O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusiga binoan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2021 yilning 23-26 mart kunlari Toshkent viloyatida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan «Nafosat» festivali o‘tkazilmoqda.
Mazkur festivalning dastlabki kunida Toshkent tumanidagi Madaniyat markazida Toshkent viloyati dizaynerlari va hunarmandlari tomonidan yaratilgan milliy liboslar ko‘rgazmasining ochilishi o‘tkazilib, unda so‘zga chiqqan viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi Ozoda Parpiboyeva so‘nggi yillarda jamiyatimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalari davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganligini alohida ta’kidlab o‘tadi.
Xususan, ijtimoiy hayotda ayollarning o‘rni ortib borgan sari ularning kiyinishiga, tashqi ko‘rinishiga e’tibor ham asosiy o‘ringa chiqishiga alohida to‘xtalib, bugungi kunda xotin-qizlar o‘rtasida milliy va zamonaviy ruhdagi, mentalitetimizga mos ravishdagi kiyimlar andozasini muntazam ravishda targ‘ib qilib borishni davrning o‘zi taqozo etayotgani aytib o‘tildi. Qolaversa, bugungi kunda katta dolzarblik kasb etayotgan ayollar liboslariga milliy qadriyatlarimiz asosida zamonaviy moda yo‘nalishlarini singdirish, bunda vijdon va e’tiqod erkinligiga qat’iy amal qilgan holda o‘zbek milliy moda yo‘nalishini shakllantirish mazkur tanlovning keng miqyosda tashkil etish zaruratini nazarda tutgan.
Toshkent viloyati yosh dizaynerlari o‘rtasida milliy va zamonaviy andozalarni chizish bo‘yicha “Yosh dizayner” tanlovi tashkil etiladi hamda yoshlar modasi, an’analar va zamonaviy yo‘nalishlar mavzularida aholi va yoshlar orasida so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Xorijlik va o‘zbekistonlik dizaynerlar, yoshlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ilg‘or ishlab chiqarish korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi «Made in Uzbekistan» nomli lavha namoyish etilib, dizaynerlar va yoshlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Shuningdek, festival doirasida «Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati» mavzusida seminar-trening o‘tkazilib, unda bir qator mahalliy va chet ellik mutaxassislar, ilg‘or dizaynerlar «Yetakchi mutaxassislar va o‘zbek dizaynerlari tomonidan zamonaviy o‘zbek ayolining imiji» kabi bir qancha dolzarb mavzular yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
Seminar-treningda bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etayotgan ayollar liboslariga milliy qadriyatlarimiz asosida zamonaviy moda yo‘nalishlarini singdirish, bunda vijdon va e’tiqod erkinligiga qat’iy amal qilgan holda o‘zbek milliy moda yo‘nalishini shakllantirish mazkur tanlovning keng miqyosda tashkil etish zaruratini tug‘dirayotgani alohida ta’kidlandi.
Festivalda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglikmasalalari qo‘mitasi raisi, senator Malika Qodirxonova, bosh maslahatchisi Nodira Shotursunova, “O‘zto‘qimachilikengilsanoat” uyushmasi yangi dizayn ishlanmalari bo‘limi boshlig‘i Kamoloxon G‘ulomova, “Xadichai Kubro” ayol qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti rahbari Nozimaxon Ibragimova, K.Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti Feruzaxon Ataxanova ishtirok etishdi.
Liboslar ko‘rgazmasida o‘z kollektsiyalari bilan dizayner Ozoda Isxakova, K.Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari Abdujabborova Shaxrizoda va Ismoilova Surayyo, Toshkent to‘qimachilik va yengi sanoat instituti Xalqaro Frantsiya moda Akademiyasi 1-bosqich magistranti Aziza Sayfullayevalar ishtirok etishdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




