To‘qimachilik sanoati mutaxassislari diqqatiga!
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Germaniyaning “Gesamtmasche” to‘qimachilik federatsiyasi o‘rtasidagi “GUZ Partners” qo‘shma loyihasi doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishi uchun nomzodlar jalb etilmoqda:
1) bo‘yash sanoati bo‘yicha mutaxassis
2) marketing/yeksportni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis
3) mahsulotlarni optimizatsiya qilish bo‘yicha mutaxassis
Loyiha Germaniyaning yetakchi to‘qimachilik universitetlari mutaxassislarini jalb qilgan holda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 8 ta mutaxassisni tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Treninglar 2024 yil davomida O‘zbekiston va Germaniyada o‘tkaziladi. Dastur yakunida ushbu sohada murabbiy sifatida o‘qitishni davom ettirish huquqini beruvchi sertifikat beriladi.
Trikotaj matoni bo‘yash uchun murabbiyga qo‘yiladigan talablar:
1. Rus va o‘zbek tillarini bilish (ingliz tili ma’qul)
2. Tartiblik va mas’uliyat
3. Rivojlanish va o‘rganish istagi
4. To‘qimachilik korxonasida ish tajribasi, bo‘yashning yakuniy bosqichi (tikuvchilik)
5. Yevropa bozori standartlariga muvofiq bilim va tajriba
6. Dastur tugagandan so‘ng “O‘zto‘qimachiliksanoat” bilan birgalikda ishlashga va treninglar o‘tkazishga tayyorlik
Tadbir o‘tkaziladigan joy:
Seminarlar Toshkent, Farg‘ona va Namanganda o‘tkaziladi.
Muddatlar:
Birinchi seminar 2024 yil fevral oyida, keyingi seminarlar esa 2024 yil davomida o‘tkaziladi.
Eksport murabbiyiga qo‘yiladigan talablar:
1. Oliy ma’lumot
2. Rus va o‘zbek tillarini bilish (ingliz tili ma’qul)
3.Tartiblik va mas’uliyat
4. To‘qimachilik sanoati tajribasi
5. Sertifikatlash bo‘yicha bilim
6. GSP+ haqida asosiy bilimlar
7. Yevropa bozori standartlariga muvofiq bilim va tajriba
Tadbir o‘tkaziladigan joy:
Toshkentda seminarlar o‘tkaziladi
Muddatlar:
Birinchi seminar 2024 yil aprel oyida, keyingi seminarlar yesa 2024 yil davomida o‘tkaziladi.
Mahsulotni optimallashtirish bo‘yicha trenerga qo‘yiladigan talablar:
1. Rus va o‘zbek tillarini bilish (ingliz tili ma’qul)
2. Tartiblik va mas’uliyat
3. Rivojlanish va o‘rganish istagi
4. To‘qimachilik sanoati tajribasi
5. Trikotaj matoni bo‘yash jarayonini bilish
6. Dastur tugagandan so‘ng “O‘zto‘qimachiliksanoat” bilan birgalikda ishlashga va treninglar o‘tkazishga tayyorlik
Tadbir o‘tkaziladigan joy:
Seminarlar Toshkent, Farg‘ona va Namanganda o‘tkaziladi.
Muddatlar:
Birinchi seminar 2024 yil aprel oyida, keyingi seminarlar yesa 2024 yil davomida o‘tkaziladi.
Agar qizishingiz bo‘lsa, bizga rezyumeni va hamkorlik taklifini 2024 yil 31 yanvargacha ushbu elektron pochta manziliga yuboring sh.kuchkarova@uzts.uz va info@guz-partners.org .
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




