“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy (UNECE) o‘rtasidagi to‘qimachilik sanoatida kuzatuvchanlik va shaffoflik bo‘yicha ESG strategiyasini rivojlantirish sohasidagi tashabbus 2022-yil 3-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan.
Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv strategiyasi (ingl. Environmental, Social, and Corporate Governance – ESG) respublika to‘qimachilik industriyasi rivojlanishining dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, BMTning Global Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM)ga muvofiqdir.
Tashabbusning maqsadlari ekologik, ijtimoiy va biznes etikasini boshqarish tizimlarini rivojlantirish, ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish, shu jumladan eng yaxshi xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlashni takomillashtirish imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan. Tashabbusni amalga oshirish doirasida barqaror va xavfsiz to‘qimachilik materiallarini sinovdan o‘tkazish uchun mustaqil to‘qimachilik sinov laboratoriyasini yaratish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda ko‘p tomonlama ESGga doir maslahat kengashini tashkil etish (uning tarkibiga turli darajadagi soha vakillari kiradi) kuzatuvchanlik va shaffoflikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga hamda korxona mutaxassislarini barqaror rivojlanish va yopiq tsiklning yashil iqtisodiyoti masalalari bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etishga yordam beradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




