Mamlakatimiz hayotidagi muhim tarixiy voqeaga “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan qator ishlar olib borilmoqda. Uyushmaning tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlari hamda mas’ul hodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Toshkent shahar Shayxontohur tumanida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat yuritadigan Shtab tashkil etildi va hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.
Shayxontohur tumanining aholisi uchun 84 ta saylov uchastkalarida va 54 ta mahallalarida barcha sharoitlarga ega bino ajratilib, zarur jihozlar bilan ta’minlandi, ishchi guruhlari va mutasaddi vakillari bilan aholini rozi kilish, obodonlashtirish, muammolarni joyida xal kilish buyicha o‘rganish o‘tkazildi, ma’lumot almashinuvi, referendum uchastkalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlandi, sayyor kabul tizimi ishga tushirildi.
Amalga oshirilgan ishlar doirasida “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlarda milliy liboslar dizaynerlari va xunarmandlar jalb etildi, kontsert dasturi, teatr ijodiy jamoasining chiqishlari va bolalar uchun sovg‘alar bilan qiziqarli tanlovlar tashkil etildi. Shu bilan birga, mahallada yashovchi nuroniy insonlar bayram sayillarga jalb qilindi.
Moddiy jihatdan ham Uyushma tomonidan qator ishlar doirasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi, 39 ta ehtiyojmand oilaga 18,5 mln so‘mlik oziq-ovqat va 198 ta oilaga 64,8 mln so‘mlik kiyim kechak va 377-uchastkaga konditsioner berildi.
Uyushmaning mas’ul xodimlari elektr simlarini yangilash, televizor va muzlatgichlarni ta’mirlash kabi tuman aholisiga amaliy yordam ko‘rsatishdi.
“Lumos” xususiy maktabida va yana boshqa ta’lim muassasalarida yuqori sinf o‘quvchilari uchun “dizayner-modelyer” kasbiga o‘rgatish bo‘yicha maxsus guruh shakllantirilib, xorijiy va maxalliy dizayner va rassomlar jalb etildi. Shu bilan birga, tumanda joylashgan “Real teks” korxonasida dual ta’lim asosida texnikum, kollej va kasb-hunar maktablari o‘quvchilarni jalb etish, o‘qitish, amaliy ish o‘rgatish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




